Yordam

Ko'p so'ralgan savollar

Savollaringizga tez javob toping

Cross (Xizmatga kirish)

Cross bu qanday xizmat?

Cross - bu yuqori darajada himoyalangan, xakerlik va soxtalashtirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydigan ilg‘or fintech xalqaro pul o‘tkazma xizmati bo‘lib, dunyoning istalgan nuqtasiga xavfsiz va ishonchli tarzda mablag‘ yuborish imkonini beradi. Bugunoq Cross orqali qulay, tezkor va arzon xalqaro pul o‘tkazma xizmatidan foydalanishni boshlang.


Cross xavfsizmi?

Cross hukumat tomonidan litsenziyalangan va moliyaviy muassasalar tomonidan xavfsizlik bo‘yicha tasdiqlangan.


Tasdiqlash va hisobni o‘chirish

Mobil telefon orqali tasdiqlashning imkoni yo‘q.

Shaxsni tasdiqlash faqat mobil telefon orqali amalga oshiriladi.
Agar sizning nomingizda ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingiz bo‘lmasa, ushbu xizmatdan foydalanishning imkoni yo‘q.


Hisob raqamini ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmadi.

Hisob raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish faqat telefon raqami tasdiqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Faqat o‘zingizni nomingizdagi bank hisob raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Agar quyidagi ma’lumotlardan birortasi: ①Bank nomi ②Hisob raqami ③Hisob egasining ismi mos kelmasa, ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni bo‘lmaydi.
Agar yuqoridagi sabablardan tashqari boshqa holat tufayli ro‘yxatdan o'ta olmayotgan bo'lsangiz, iltimos, mijozlar markaziga murojaat qiling. Sizga yordam beramiz.


Men o'z hisobimni o'chirmoqchiman.

Siz o'z hisobingizni [Batafsil] > [Dastur veriyasi] > [Hisobni o'chirish] menyusi orqali amalga oshirishingiz mumkin.


ID tasdiqlashga ariza topshirilgandan so‘ng, tasdiqlash jarayoni qancha vaqt oladi?

Shaxsni tasdiqlash jarayoni murojaatlar soniga qarab vaqt jihatdan farq qilishi mumkin va ish kunlari bo‘yicha maksimal 24 soat ichida yakunlanadi.


Nechta hisob raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Faqatgina o‘zingiz nomidagi bitta hisob raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin, va hisobni o‘zgartirish ham faqat o‘zingiz nomidagi hisob raqamiga ruxsat etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan hisobni o‘zgartirish uchun [Batafsil] > [Tasdiqlash] > [Tasdiqlashni tiklash] tugmasini bosib, uni tiklagandan so‘ng o‘zgartirishingiz mumkin.


Xizmatdan foydalanish

Men pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchiman.

O'tkazma so‘rovi yuborilgandan keyin to‘lov muvaffaqiyatli yakunlansa, pul o‘tkazish so‘rovini bekor qilib bo‘lmaydi. Iltimos, o'tkazmaga buyruq berishdan oldin o‘tkazma tafsilotlarini yana bir bor diqqat bilan tekshiring.


Pulni qaytarish qoidalari haqida bilmoqchiman.

Cross xalqaro pul o‘tkazmasini bekor qilish yoki qaytarish qoidalari quyidagicha:


① Pul o‘tkazma summasi kiritilgandan so‘ng, yuboruvchining shunchaki fikrini o‘zgartirgani sababli o‘tkazmani bekor qilish mumkin emas.


② Faqat yuboruvchi pul o‘tkazma ma’lumotlarini noto‘g‘ri kiritgani sababli o‘tkazma amalga oshmay qolgan holatdagina o‘tkazma bekor qilinadi.


③ Agar pul o‘tkazma ma’lumotlari noto‘g‘ri kiritilgani sababli o‘tkazma amalga oshmay qolsa, komissiya ushlab qolingan holda qolgan summa Koreya va mahalliy ish kunlari bo‘yicha 3 kun ichida yuboruvchining hisob raqamiga qaytariladi.


④ Naqd pul olish orqali yuborilgan o‘tkazma amalga oshirilgandan so‘ng 30 kun ichida mablag‘ qabul qiluvchi tomonidan qabul qilinmasa, o‘tkazma avtomatik tarzda bekor qilinadi va komissiya ushlab qolingan holda qolgan summa Koreya va mahalliy ish kunlari bo‘yicha 3 kun ichida yuboruvchining hisob raqamiga qaytariladi.


⑤ Agar kompaniya aybi bilan mijozning pul o‘tkazmasi amalga oshmay qolsa, o‘tkazma summasi, shu jumladan komissiya to‘lovi ham, Koreya va mahalliy ish kunlari bo‘yicha 3 kun ichida yuboruvchining hisob raqamiga to‘liq qaytariladi.


Pul o‘tkazma limiti qanday?

1. Koreya fuqarosi va rezident
Kuniga maksimal 10,000,000 KRW ∙ Yiliga maksimal 100,000 USD
※ Yillik limit butun moliya sohasi (bank va nobank) bo‘yicha integratsiyalashgan tarzda boshqariladi.


2. Chet el fuqarosi yoki norezident
Kuniga maksimal 10,000,000 KRW ∙ Yiliga maksimal 50,000 USD


Qayta ro'yxatdan o'tsam, o'tkazma limitim tiklanadimi?

Qayta ro'yxatdan o'tgandan keyin ham o'tkazma limiti bir xil bo'lib qoladi.


Men ko‘rgan ayirboshlash kursi bilan qo‘llanilgan kurs boshqachadek tuyulmoqda.

Cross konvertatsiya stavkalari real vaqt valyuta kursidan foydalanadi.
Kursni tekshirgandan soʻng darhol pul oʻtkazish soʻrovingizni yuborishga harakat qiling.


Tizimga kirish parolini unutdim.

[Tizimga kirish] > [Parolini tiklash] > Ro‘yxatdan o‘tishda kiritilgan telefon raqamini tasdiqlagandan so‘ng, yangi parolni o‘rnating.


Xizmat ko'rsatish soatlari qanday

Pul o‘tkazma so‘rovlari sutkaning istalgan vaqtida amalga oshiriladi, faqat bank texnik xizmat ko‘rsatish vaqti (soat 23:30 dan 00:30 gacha) bundan mustasno.


Internet Explorer brauzerida sahifa to‘liq ishlamadi.

Cross xizmati Google Chrome brauzeri uchun optimallashtirilgan. Boshqa brauzerlar (masalan, Internet Explorer) orqali kirilganda, xizmat to‘liq ishlamasligi mumkin.
Iltimos, qulay foydalanish uchun quyidagi havola orqali Google Chrome brauzerini yuklab olib o‘rnating.


Kuponni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

① Yuqori o‘ng burchakdagi ballar belgisi (Ⓟ)ni bosing.
② Eng pastki qismdagi [Ball almashish kuponini ro‘yxatdan o‘tkazish] bo‘limiga almashuv kodini kiriting.


Ball (P) nima va uni qanday olish mumkin?

Cross Ballari (P) bu Koreya woniga (KRW) teng qiymatdagi to‘lov vositasi bo‘lib, uni pul o‘tkazmalari vaqtida xizmat haqi o‘rnida yoki Cross Shopda to‘lov qilishda foydalanish mumkin.


Foydalanish muddati tugagach, ballar bekor bo‘ladi, shuning uchun albatta belgilangan muddat ichida foydalaning.


Cross ballarini quyidagi usullar bilan olish mumkin.


1. Birinchi marta ro'yxatdan o'tganda


- CROSSda ro'yhatdan otib, birinchi shaxsni tasdiqlashni yakunlasangiz 5,000P beriladi.


2. Kunlik davomat ballari


- Har kuni Cross ilovasiga kirganingizda sizga ball beriladi. (Maksimal 250P)


3. Tavsiya qilish ballari


- Ro‘yxatdan o‘tishda, sizni taklif qilgan shaxsning tavsiya (referal) kodini kiritsangiz, sizga 10,000 ball beriladi.


4. Jamoaning oylik mukofot ballari


- Bir oy davomida to‘plangan jamoa ballari uchun mukofot sifatida sizga ballar beriladi. (Maksimum: 3,000,000 P)


5. Maxsus Aksiyalar


- Crossning turli aksiyalarida ishtirok etib, siz sovg‘a sifatida ballarga ega bo‘lishingiz mumkin.


Kerakli javobni topa olmadingizmi?